14 Oktyabr 2021 yil 305

Transport vositangizda o‘rnatilgan gaz ballonini o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tkazdingizmi!

So‘nggi vaqtlarda fuqarolarimiz tomonidan transport vositasiga o‘rnatilgan siqilgan tabiiy gaz ballonlarni o‘z vaqtida qayta tekshiruvdan o‘tkazmasliklari oqibatida noxush holatlar yuz bermoqda.

Eng achinarlisi, bu holatlar insonlarning bevaqt hayotdan ko‘z yumishiga sababchi bo‘lmoqda.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan shu kabi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida viloyatdagi barcha avtotransport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazuvchi laboratoriya markazlarida profilaktik ishlar olib borildi.

Haydovchilarga avtotransport vositalarida o‘rnatilgan gaz ballonini o‘z vaqtida qayta ko‘rikdan o‘tkazish borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolarimizdan, ayniqsa haydovchilardan bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘zlari va yaqinlarining hayoti va salomatligini o‘ylagan holda avtotransport vositalarini (shu jumladan, gaz ballonlarini ham) o‘z vaqtida qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazib turishlarini so‘rab qolamiz!

Text to speech