21 Iyun 2022 yil 321

Viloyat 3-sektor rahbari Vobkent tumani mahallalarining mutasaddilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Bugun, 21 iyun kuni viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda mavjud, bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan muammolar, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalarni hal etish maqsadida sektorga qarashli Vobkent tumanining 44 ta mahalla raislari, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.

Ochiq muloqot viloyat 3-sektor ishchi guruhi, tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat va tuman mutasaddi idoralar masʼullari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Jarayonda mahalla mutasaddilari tomonidan bildirilgan 300 dan ortiq turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir muammolar birma-bir ko‘rib chiqilib, ko‘tarilgan har bir masala va ijtimoiy muammolar mahalla, sektor, tuman, viloyat va respublika miqyosida hal etilishiga qarab toifalarga ajratildi.

O‘rganish uchun yurituvga olingan masalalar yuzasidan chora tadbirlar belgilanib, har bir muammoni bartaraf etish bo‘yicha masʼul idoralarga manzilli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Uchrashuvda sektor rahbari mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori mahalladagi asosiy islohotchilar ekanligini taʼkidlab, ularni mahallalarni obodonlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni kasbga o‘rgatib va ishga joylashtirishda yana-da faollashishga chaqirdi.

Ochiq muloqotda mahalla masʼullari o‘z hududidagi mavjud muammolarni hal etish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbariga taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Bunda, shaxsan sektor rahbari bilan hamkorlikda ish olib borish, aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, shu orqali ularning bandligini taʼminlash, xususan, “mahallabay” tizim asosida aholi bilan har kuni ishlab, davlat tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda kam daromadli oilalarni tadbirkorlikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarish kabi masalalar muhokama qilindi.

Text to speech