25 Noyabr 2022 yil 458

Voyaga yetmagan shaxs spirtli ichimlik taʼsirida avtomashina olib qochdi

Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2022 yil 21 noyabr kuni soat 23-50 larda tumanning Tarnaut mahallasida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan Voyaga yetmagan shaxs spirtli ichimlik isteʼmol qilgan mast holatda, A.Navoiy mahallasi hududida joylashgan “Dirham” kafesi oldida turgan «Damas» rusumli  avtomashinani olib qochadi.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati ichki ishlar organlari tomonidan kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, viloyat miqyosida "to‘sib ushlash" maxsus rejasi harakatga keltiriladi.

Reja bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘z vaqtida olib borilgan tezkor texnik hamda qidiruv surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu avtotransport vositasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Text to speech