15 Yanvar 2022 yil 396

Yana bir firibgarlik haqida. Eski usul, qurbonlar esa haliyam koʻp

Tekin narsa desa laqqa ishonadigan sodda odamlarimiz, afsuski, haligacha koʻp. Bundan esa firibgarlar mazza qilishadi.

Mana bu sxema oddiy: nomaʼlum odam xat yozib, Click kompaniyasi (yoki mijozi koʻp boshqa istalgan kompaniya) aksiya oʻtkazyapti, gʻolib boʻldingiz, sizga pul beramiz, pulni olish uchun mana bu saytga kiring deydi.

Sayt esa soxta boʻladi, odamlar click-uz degan yozuvni koʻrib ishonadi, uni davomidagi .tk ni koʻrmaydi.

Saytga kirib, plastik karta raqami, amal qilish muddati, telefon nomerini kiritadi. Keyin kelgan SMSni ham yozadi. Qarabsizki, firibgarlar tezda plastikdagi barcha pulni yechib olishadi. Qoʻshimchasiga bankdan onlayn qarz olib, uni ham yechib olishadi.

❗️UNUTMANG

Sizga pul oʻtkazish uchun hech qachon plastik kartaning amal qilish muddati yoki SMS-kod kerak boʻlmaydi.

Kimdir yoki qaysidir sayt sizga pul oʻtkazish uchun amal qilish muddati va SMSni soʻradimi, bilingki, u firibgar!

Text to speech