27 Avgust 2022 yil 209

#Yangi_O‘zbekistonda_el_aziz_inson_aziz.

G'ijduvon tumani 3-sektor hududi Ko'kcha mahallasiga qarashli cho'l hududida joylashgan “Og'itma” aholi punkti Markazdan 180 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu aholi punktida asosan qozoq millatiga mansub viloyatimiz fuqarolari istiqomat qilib keladi. Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan mazkur manzilda katta bayram dasturxoni yozildi.

Ovulda bugun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi, maktab bozori, uy-ro‘zg‘or ishlari uchun suyultirilgan gaz balonlari, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va madaniyat boʻlimi tomonidan konsert dasturi tashkil etildi.

"Yangi Oʻzbekistonda el aziz-inson aziz" shiori ostida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda yoshlar agentligi tomonidan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarga bayram sovg‘alarini topshirdi. Sanoqli kunlardan so‘ng yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 5 nafar 1-sinf bolalariga “Prezident sovgʻasi” ham ulashildi.

Text to speech