24 Август 2021 йил 467

Peshku tumanida pora olish jinoyati fosh etildi.

"Xavfsiz hudud" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Peshku tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limi hamda Departamentining Peshku tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbirda, tumanning Jonxo‘roz qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan 2-son Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori O.H., ushbu maktabda kurash murabbiyi lavozimida ishlovchi M.G‘. dan, uning xizmat safari xarajatlari uchun to‘lab berilishi lozim bo‘lgan pullarni berish evaziga 400 AQSH dollari pora berishni talab qilib, kimyoviy ishlov berilgan ushbu pullarni Kuyovxo‘ja mahallasi hududida olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O.H. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech