18 Август 2021 йил 84

Yoshlar o‘rtasida havoli quroldan o‘q otish sport turi bo‘yicha "Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubugi" musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida 2021 yilning 18 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, Yoshlar o‘rtasida havoli quroldan o‘q otish sport turi bo‘yicha Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada 60 nafar yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi.

 

Musobaqaning yopilish marosimi juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, faxrli o‘rinlarni egallagan sportchilar Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech